Kimyoviy belgi, formula, tenglama
1813-yilda shved kimyogari Berseliusning taklifiga ko‘ra, kimyoviy belgi - elementning lotincha nomini bosh harfi yoki bosh harfiga keyingi harflardan birini qo‘shib yozish bilan ifodalanadi. Masalan, H (Hydrogenium) - vodorodning kimyoviy belgisi, lotincha nomining bosh harfidir; Hg (Hydragirum) - simobning kimyoviy belgisi, lotincha nomining bosh va yana bir harfidan tashkil topgan.
Kimyoviy formula - modda tarkibining kimyoviy belgilar va zarur bo‘lsa, indekslar yordamida ifodalanishi. Kimyoviy formula: modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat tarkibi); moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi); moddaning bitta molekulasini bildiradi.
Masalan, suv molekulasi ikkita vodorod (H) va bitta kislorod (O) atomlaridan tashkil topgan va H20 holida ifodalanadi. Suv molekulasidagi vodorod kimyoviy belgisining pastki o‘ng tomonida turgan 2 raqami indeks deb ataladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari sonini ko‘rsatadi. Umuman olganda kimyoviy formulada kimyoviy belgining pastki o‘ng tomonidagi raqam - indeks moddaning har bir molekulasi tarkibida shu element atomidan nechta borligini ko‘rsatadi.
Kimyoviy tenglama, bu kimyoviy reaksiyalaming kimyoviy formulalar yordamida ifodalanishidir. Zarurat tug‘ilsa, koeffitsientlar yordamida tenglama tenglab olinadi.
Bu reaksiya tenglamasida chap va o‘ng tomondagi kislorod atomlari teng emas, shu bois suv molekulasining oldiga kislorod atomlari sonini tenglashtirish uchun 2 koeffitsienti qo‘yiladi:
2H2 + O2 = 2H2O
Bunda tenglamaning chap va o‘ng tomonida kislorod atomlari soni tenglashadi, lekin o‘ng tomonda vodorod atomlari 4 ta, chap tomonda esa 2 ta bo`lib qoladi. Vodorod molekulasi oldiga 2 koeffitsienti qo‘yilsa, vodorod atomlari soni teng bo`ladi va reaksiya tenglamasidagi «=» belgisi o‘z ma’nosiga mos keladi:
2H2 + O2 = 2H2O
Tenglamaning chap va o‘ng tomonidagi atomlar soni tenglashdi va to‘g‘ri yozildi. Bu tenglama «ikki ash ikki plus O ikki teng ikki ash ikki O» tarzida о‘qiladi.
1 comments